Bandlik xizmati, aholini ish bilan taʼminlash davlat xizmati — mamlakat miqyosida aholini ish bilan taʼminlash siyosatini amalga oshirish va fuqarolarga tegishli kafolatlarni taʼminlab berish uchun tashkil etilgan davlat xizmati. Oʻzbekistonda 1992-yildan OʻzRning "Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida"gi qonuni (13.1.1992) asosida tashkil etilgan. Bandlik xizmati ishsizlikning oldini olish va ishsizlik oqibatlaridan ijtimoiy muhofaza qilish maqsadlarida respublika miqyosida va mahalliy darajada ish bilan taʼminlash dasturlarini amalga oshiradi, jumladan, mehnat bozoridagi holatni tahlil hamda taxmin qiladi, tegishli axborot tarqatilishini taʼminlaydi; boʻsh ish joylarini va ishga joylashtirish masalasida murojaat qilgan fuqarolarning hisobini yuritadi, ularni ishga joylashtiradi, ishlamayotgan fuqarolarni kasbga oʻrgatish, qayta oʻqitish va malakasini oshirishni tashkil etadi, ishsizlarni roʻyxatga olishni taʼminlaydi, ularga yordam koʻrsatadi va boshqa Bandlik xizmati faoliyatini pul bilan taʼminlash uchun ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish Davlat fondi tashkil etilgan. Bu fond mulkchilik va xoʻjalik yuritish shakllaridan qatʼi nazar korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, kooperativlar va boshqa ish beruvchilar mehnatga haq toʻlash fondining 3%dan kam boʻlmagan miqdorda majburiy ajratmalari, hukumat va mahalliy boshqaruv organlari dotatsiyalari, ixtiyoriy xayriyalar va boshqalardan tashkil topali.

Mamlakat miqyosida Bandlik xizmati tizimi OʻzR Mehnat vazirligi va uning hududiy organlarini hamda mahalliy bandlik markazlari — mehnat birjalarini qamraydi (qarang Mehnat birjasi).

Dilfuza Rahimova.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil