Bandung konferensiyasi
Bandung konferensiyasi – Osiyo va Afrikadagi 29 mamlakatning Bandung shla 1955-yil 18-24-aprelda boʻlib oʻtgan konferensiyasi. Bandung konferensiyasi ga tashabbuskor davlatlar – Hindiston, Birma, Indoneziya, Pokiston va Seylon namoyandalari bilan birga Afgʻoniston, Kambodja, Xitoy Xalq Respublikasi, Misr, Efiopiya, Oltin Qirgʻoq, Eron, Iroq, Yaponiya, Iordaniya, Laos, Livan, Liberiya, Liviya, Nepal, Filippin, Saudiya Arabistoni, Sudan, Suriya, Tailand, Turkiya, Vyetnam Demokratik Respublikasi va Jan. Vyetnam, Yaman vakillari taklif etildi. Ularni umumiy masala – tinchlik va milliy mustaqillikka erishish masalasi birlashtirdi. Bandung konferensiyasi har bir xalq va millatning oʻzini idora qilish huquqiga amal qilgan holda, irqiy tengsizlik siyosatini qoraladi. Tinch-totuv yashashning besh tamoyili („Pancha shila“) asosida „Yalpi tinchlik va hamkorlikka koʻmaklashish toʻgʻrisidagi deklaratsiya“ni qabul qildi. Atom va termoyadro qurollarini tayyorlash va sinovdan oʻtkazishni taqiqdashga, xalqaro munosabatlarda nizoli masalalarni tinch yoʻl bilan hal etishga chaqirdi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |