Bengaliya, Bangol (bengal tilida — Bangla) — Osiyo jan.dagi tarixiy viloyat. Gang daryosining quyi oqimi havzasi va Gang, Brahmaputra darslari deltasida. Qadimda B.ning turli qismlari Anga, Vanga, Gauda kabi nomlar bilan mashhur boʻlgan. Bu hudud 10 — 12-asrlardan B. deb atala boshlagan. 13-asr boshlarida Dehli sultonligita qoʻshib olingan. 14-asr oʻrtalarida mustaqil davlat boʻlib olgan. 1575-yil boburiylartomonidan zabt etilgan. 18-asr boshlarida B. hududida yana mustaqil davlat vujudga kelgan. 1757-yil B.ni Angliya oʻziga tobe qilgan. 1947-yil Hindiston ikkiga boʻlingandan soʻng, hindu bengʻallar yashaydigan Gʻarbiy B. Hindistonga, musulmon bengʻallar yashaydigan Sharqiy B. Pokistonga oʻtdi. Sharqiy B. 1971-yildan — Bangladesh davlati.

Bengaliya elchisi Bobur qabulida

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil