Bank monopoliyalari
Bank monopoliyalari - konsentratsiyalashuv natijasida biror davlatdagi bank ishlarining bir necha yirik banklar qoʻlida toʻplanishi. Moliya kapitali bozoridagi taklifda raqobatning boʻlmasligi bilan tavsiflanadi. Mas, 1962-yil Angliyada bank kapitali umumiy summasining 90% besh bankka tegishli boʻlgan, 1968-yil AQShda rasman mustaqil hisoblanadigan 14 ming bank boʻlgan, lekin jami bank operatsiyalarining 25% 10 ta yirik tijorat banki hissasiga toʻgʻri kelgan, 1995-yilda esa AQShdagi eng yirik hisoblangan "Cheyz of Manxetten" va "Kemikl" banklari oʻzaro qoʻshilib ketdi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |