Bank operatsiyalari
Bank operatsiyalari — banklar amalga oshiradigan operatsiyalar: joriy yoki boshqa hisob varaqqa pul qabul qilish, foizi bilan yoki foizsiz kreditlar berish, birja topshiriqlarini bajarish, qimmatbaho qogʻozlar, aksiyalar sotib olish, mijozlarning topshiriqlarini bajarish, tovarlar yoki tovar hujjatlari garovi hisobiga ssudalar berish, shuningdek boshqa har qanday pulli va naqd pulsiz hisobkitoblar boʻyicha operatsiyalar kiradi. Asosan passiv (kreditlash uchun resurslar hosil qilish) va aktiv (foyda olish maqsadlarida bu resurslarni ishlatish) turlarga boʻlinadi (qarang Banklar).
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |