Bankirlar uyi - ayrim bankir yoki bankirlar guruhiga tegishli xususiy bank korxonalari; odatda maʼsuliyati cheklanmagan shirkat tarzida faoliyat yuritadi. Ularning koʻpchiligi moliya guruhlari va bank konsernlariga kirgan boʻladi. Dastlab Italiyada 14-asrda sudxoʻrlikning rivojlanishi negizida paydo boʻlgan, savdo va bank operatsiyalarini bajarishga xizmat qilgan. Keyinchalik bank ishi bilan shugʻullanish asosiy mashgʻulotiga aylandi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil