Banská Bystrica viloyati (slovakcha: Banskobystrický kraj; veng.: Besztercebányai kerület) — Slovakiyaning sakkiz viloyatidan biri. Viloyat hududi boʻyicha sakkizta mintaqaning eng kattasi boʻlib, aholi zichligi boshqa mintaqalarga qaraganda pastroq. Banská Bystrica viloyati 1923-yilda tashkil etilgan; uning chegaralari oxirgi marta 1996-yilda oʻzgartirilgan. Banská Bystrica 514 munitsipalitetdan iborat boʻlib, ulardan 24 tasi shahar maqomiga ega. Maʼmuriy markazi Banská Bystrica nomli shaharchasi boʻlib, mintaqaning eng katta shahri hisoblanadi. Boshqa muhim shaharlar – Zvolen va Lučenec.

Banská Bystrica Region

Banskobystrický kraj
Viloyat
Skyline of Banská Bystrica Region
Banská Bystrica Region
Bayroq
Banská Bystrica Region
Gerb
48°43′47″N 19°8′57″E / 48.72972°N 19.14917°E / 48.72972; 19.14917
Mamlakat Slovakiya
Hukumat
 • Gubernator Ondrej Lunter (Mustaqil)
Maydon 9,454 km2 (3,650 kv mi)
Aholisi
 (2014)
655 359
Zichligi 68.14 kishi/km2
Banská Bystrica Region xaritada
Banská Bystrica Region
Banská Bystrica Region

Geografiyasi

tahrir

Viloyat Slovakiyaning markaziy qismida joylashgan boʻlib, maydoni 9455 km2. Mintaqa asosan togʻli, hududda bir nechta tizmalar mavjud. Ularning eng balandi shimoldagi Past Tatralar boʻlib, u yerda eng baland nuqta – Ďumbier joylashgan. Gʻarbdagi togʻ tizmalarining baʼzilari Kremnitsa tog'lari, Vtáčnik va Shtiavnitsa togʻlarini oʻz ichiga oladi. Markazda Javorie va Krupina tekisliklari joylashgan. Slovakiya rudali togʻlari uning boʻlinmalari bilan birga markaziy hududlardan sharqqa tomon choʻzilgan (masalan Poľana, Veporské vrchy, Muránska planina va Spiš-Gemer Karst). Asosiy daryolar shimoliy yarmida Xron, janubda va markazda Ipel, sharqda Rimava. Maʼmuriy boʻlinishi: viloyat shimolda Jilina viloyati, shimoli-sharqda Presov viloyati, sharqda Košice viloyati, janubi-sharqda Vengriyaning Borsod-Abaúj-Zemplén okrugi, janubda Nógrád okrugi va Pest okrugi, gʻarbda Nitra viloyati va shimoli-gʻarbda Trenchin viloyati bilan chegaradosh.

Demografiyasi

tahrir
Aholining oʻsishi
YilAholi±%
1980636,192—    
1991659,32+3.6%
2001662,121+0.4%
2011660,563−0.2%
2021625,601−5.3%

Aholi zichligi – 68.14/km2 (176.5/sq mi) (2020-06-30/-07-01)[1], bu Slovakiya viloyatlari orasidagi eng past koʻrastkich. Eng yirik shaharlar – Banská Bystrica, Zvolen, Lučenec va Rimavská Sobota. 2014-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, mintaqada 655 359 kishi istiqomat qiladi, ularning aksariyati slovaklar (83,7%), ammo Vengriya bilan chegarada venger koʻp (11,8%), shuningdek, loʻlilar (2,3) va chexlar (<1%) mavjud[2].

Siyosati

tahrir

Banská Bystrica viloyati gubernatori – Ondrey Lunter. 48,5% bilan gʻalaba qozongan. 2022-yilgi saylovda mintaqaviy parlament ham saylangan.

Maʼmuriy boʻlinishi

tahrir

Banská Bystrica viloyati 13 tumandan iborat.

514 ta munitsipalitet mavjud boʻlib, ulardan 24 tasi shaharlar. Shaharlarda viloyat aholisining 56 foizi istiqomat qiladi.

Galereya

tahrir

Manbalar

tahrir