Banu Saʼlabaga ikkinchi hujum milodiy 627-yilning avgust oyida (hijriy 6-yilning 4-oyi) Abu Ubayda ibn Jarroh boshchiligida amalga oshirilgan.

Banu Saʼlabaga ikkinchi hujum
Sanalar Milodiy 627-yil avgust (hijriy 6-yil 4-oy)
Urush yeri Gʻamroh
Natija Banu Saʼlaba qabilasi vakillari qochib ketishgan, 1 kishi asirga olingan[1]
Qoʻmondonlar
Abu Ubayda ibn Jarroh Nomaʼlum
Kuchlar
40 Nomaʼlum

Banu Saʼlabaga birinchi hujum muvaffaqiyatsiz yakunlanib, Islom paygʻambari Muhammadning koʻplab hamrohlari oʻldirilgan. Bu voqeadan xabar topgan Muhammad Abu Ubayda ibn al-Jarroh boshchiligida 40 nafar askarlardan iborat qoʻshinni safdoshlarining oʻlimi uchun oʻch olish uchun yuborgan. Lashkar tong otishidan oldin Zu al-Qassaga yetib kelgan. Ular dushman hududiga yetib kelib, kutilmaganda ularning ustiga bostirib kirishgan. Hujumdan qoʻrquvga tushgan aholi vakillari tezlikda togʻlarga qochib ketgan. Musulmonlar aholining mollari, kiyim-kechaklarini, shuningdek, bir kishini asirga olganlar. Asirga olingan kishi keyinchalik Islomni qabul qilgach, Muhammad uni ozod qilgan.

Yana qarang tahrir

Manbalar tahrir

  1. Mubarakpuri, Saifur Rahman Al (2005), The Sealed Nectar, Darussalam Publications, 205-bet, ISBN 9798694145923[sayt ishlamaydi]