Amir ibn Abdulloh ibn Jarroh al Quroyshiy, yoki Abu Ubayda ibn Jarroh (arabcha: أبو عبيدة بن الجراح; 583—638) — Muhammad sahobalridan biri. Jannat hushxabari berilgan sahobalardan[1].

Abu Ubayda ibn Jarroh
أبو عبيدة بن الجراح
Tavalludi
Abu Ubayda Amir ibn Abdulloh ibn Jarroh ibn Hilol ibn Uhayb ibn Dabba ibn Haris ibn Fihr ibnMalik ibn Nadr al Quroyshiy

583-yil
Vafoti 638-yil (55 yoshda)
Iordaniya
Fuqaroligi Rashidun xalifaligi
Otasi Abdulloh ibn Jarroh

Biografiya tahrir

 

Sahobalar bilan Efiopiyaga, keyin Madinaga hijrat qilgan. Madinada musulmon davlatining qurilishiga xizmat qilgan. Badr jangida u o’z otasiga qarshi jang qilgan. Qurʼonning Mujodala surasi 22 oyati Abu Ubayda va boshqa sahobalar haqidadir.

Allohga va oxirat kuniga imon keltiradigan qavmning Alloh va Uning payg'ambariga muxoliflik qiluvchilar bilan - garchi ular o'zlarining otalari, yoki o'g'illari, yoki og'a-inilari, yoki qarindoshlari bo'lsalar-da - do'stlashayotganlarini topmassiz. Aynan o'shalarning dillariga (Alloh) imonni bitib qo'ygandir va ularni o'z (tomon)idan bo'lmish ruh bilan quvvatlantirgandir. U ularni ostidan anhorlar oqib turadigan, ular mangu qoladigan jannatlarga kiritur. Alloh ulardan rozi bo'lur va ular ham (Allohdan) rozi bo'lurlar. Aynan o'shalar Allohning hizbidirlar. Ogoh bo'lingizkim, albatta, Allohning hizbigina najot topuvchilardir!

Arab xalifaligining Forslar va Vizantiya bilan janglarida qatnashdi. 634—638 yillarda Suriya va Falastinning bosib olinishida faollik ko’rsatdi. Yarmuk jangida markaz qo’mondoni bo’lgan. Suriyada tarqalgan vabodan halok bo'ldi[2][3][4].

Manbalar tahrir