Mujodala surasi
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
Mujodala surasi (arabcha: سورة المجادلة, nomining maʼnosi — Munozara[8][9]) — Qurʼonning 58-surasi. Madaniy suralardan biri, 22 oyatdan iborat. Bu sura Qurʼonning 542–545[10]-sahifasida va 28-juzida joylashgan. 105-boʻlib nozil boʻlgan.
Mujodala surasi — سورة المجادلة | |||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Suraning arabcha matni | |||||||||||||
Nomining maʼnosi | Munozara[1][2] | ||||||||||||
Tasnifi | Madaniy sura[3] | ||||||||||||
Statistika | |||||||||||||
Sahifasi | 542–545[4] | ||||||||||||
Juz | 28 | ||||||||||||
Sura raqami | 58 | ||||||||||||
Oyatlar soni | 22 | ||||||||||||
Sajda oyati | yoʻq | ||||||||||||
Rukuʼlar soni | 3[5] | ||||||||||||
Muqattaot harflari | yoʻq[6] | ||||||||||||
Nozil boʻlish tartibi | 105[7] | ||||||||||||
| |||||||||||||
Arabcha matni |
ar.wikisource.orgda tanzil.netda | ||||||||||||
Tarjimalari |
QuranAcademy.org quran.uzda | ||||||||||||
| |||||||||||||
Asosiy mavzusi
tahrirMujodala surasi madinada nozil boʻlgan, 22 oyatdan iborat. Mehribon va rahmli Allohning nomi ila boshlayman. 1. Albatta, Alloh sen bilan o'z eri haqida tortishayotgan va Allohga shikoyat qilayotgan(ayol)ning so'zini eshitdi. Ha, Alloh ikkovingizning gaplashuvingizni eshitmoqda. Albatta, Alloh eshituvchi va ko'ruvchidir. 2. Ichlaringizda o'z xotinlaridan zihor qiladiganlar (bilib qo'ysinlarki), ular alarning onalari emas. Tuqqan onalaridan o'zga hech kim ularga ona emaslar. Va, albatta, ular inkor qilingan va g'irt yolg'on so'zlarni ayturlar. Va, albatta, Alloh kechiruvchi va mag'firat qiluvchidir. 3. Xotinlardan zihor qilganlar o'z ayganlaridan qaytsalar, qo'shilmaslaridan avval bir qul ozod qilsinlar. Bu va'zlanishingiz uchundir. Alloh qilayotgan ishlaringizdan xabardordir. 4. Kim (qul) topmasa, bas qo'shilmasdan avval ikki oy ketma-ket ro'za tutsin. Kim (ro'za tutishga) qodir bo'lmasa, oltmish miskinni to'yg'azsin. Bu (hukm) Allohga va uning rasuliga iymon keltirishingiz uchundir. Va bular allohning chegaralaridir. Va kofirlarga alamli azob bor.
Manbalar
tahrir- ↑ Qurʼoni Karim tarjimasi va sharhi. Abdulaziz Mansur
- ↑ Qurʼoni Karim maʼnolari tarjimasi. Alouddin Mansur
- ↑ Qurʼonda koʻrsatilgan tasnif.
- ↑ 604 sahifali Qurʼonda.
- ↑ Yuqoridagi sura sarlavhasining tasviridan olingan.
- ↑ Qurʼondan koʻrilgan.
- ↑ Yuqoridagi sura sarlavhasining tasviridan olingan.
- ↑ Qurʼoni Karim tarjimasi va sharhi. Abdulaziz Mansur
- ↑ Qurʼoni Karim maʼnolari tarjimasi. Alouddin Mansur
- ↑ 604 sahifali Qurʼonda.
Keyingisi: Hashr surasi | 58-sura — arabcha matni | Oldingisi: Hadid surasi |