Baqo va fano
Baqo va fano (arab, baqo - boqiylik, barqarorlik; fano — foniylik, yoʻqolish, oʻtkinchilik) — oʻrta asr Sharq falsafasidagi tushuncha. Cheksizlik va cheklilik maʼnosida qoʻllangan. Islom dinida baqo — Alloh sifatlaridan biri. Baqo — barcha yaxshi sifatlarni oʻzida mujassam qilish deb ham tushuniladi. Fano — oʻzidagi barcha yomon sifatlarni yoʻq qilish yoʻli bilan Allohga yaqinlik hosil qilishlikdir. Sufiylikda fano maqomiga yetgach solik Allohning haqdigi va ulugʻligi toʻgʻrisidagi fikru zikrga gʻarq boʻlib, bu foniy dunyodagi jamiki narsalarni unutib yuboradi. Bu maqom "fano filloh" deb ataladi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |