Bar (inglizcha bar — toʻsiq) — dengizning qirgʻoqqa yaqin qismida unga paralel choʻzilgan, qum yoki chigʻanoqlar toʻplamidan hosil boʻlgan kambar toʻsiq, quruqlik. Toʻlqin keltirmalaridan hosil boʻladi. Baʼzan yuzlab kilometrga choʻziladi. Bar koʻpincha egik marza shaklida boʻlib, qavariq qismi dengiz yoki qirgʻoq tomonga qaragan boʻladi. Dengizning chekka qismini ajratib qoʻyib, qoʻltiq va koʻllar hosil qiladi. Daryolar quyiladigan joydagi suv osti qum toʻsigʻi ham Bar deyiladi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil