Barimta
(Barantadan yoʻnaltirildi)
Barimta, baranta — koʻchmanchi qabilalarda bir uruqqa boshqa bir urugʻ tomonidan yetkazilgan zararni toʻlashga yoki tahqir qilingan tomonning izzat-nafsini qondirishga majbur etish maqsadida garov tariqasida uning mollarini qurolli yoʻl bilan haydab ketish yoki mol-mulkini bosib olish odati. Masalan, qozoqlarda javobgar tomon jarima toʻlashdan bosh tortgudek boʻlsa, biylar sudi tomonidan Barimta haqida qaror chiqarilgan.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |