Barban
Barban (italyancha: Barbana,Čakavian Barbon yoki Brban) – Xorvatiyaning sharqiy Istriya janubidagi kichik shaharcha va munisipalitet.
Barban | |
---|---|
Munitsipalitet | |
45°6′0″N 14°1′0″E / 45.10000°N 14.01667°E | |
Mamlakat | Xorvatiya |
Hukumat | |
• Munitsipalitet hokimi | Dalibor Paus |
Maydon | 100 km2 (39 kv mi) |
Markazi balandligi | 229 m |
Aholisi (2021) |
2 491 |
Zichligi | auto kishi/km2 |
Vaqt mintaqasi | UTC+1, yozda UTC+2 |
Telefon kodi | 52 |
Pochta indeks(lar)i | 52207 |
|
Barban munitsipaliteti 100 km2 ga yaqin hududni egallaydi. Aholisi 2491 kishi boʻlgan 72 ta qishloqni oʻz ichiga oladi.
Tarix
tahrirBronza davriga oid tarixiy joy, tepalik qal’asida joylashgan boʻlib, taxminan 3,400-4,000 yil oldin paydo boʻlgan ushbu joyda tarixiy insonning qoldiqlari topilgan. Barban nomi birinchi marta eramizning 740-yilgi cherkov hujjatida uchraydi. Oʻrta asrlarda shahar Pazin feodallari nazorati ostida yaratilgan birqancha inshoatlar, oʻrta asr istehkomlarining bir qismi haligacha mavjud. 13-asrning ikkinchi yarmida, 1312-yilda vabo tufayli aholi punktlari qirib tashlangan, Goriziya graflari tomonidan olib kelingan Finodollik Dalmatiyaliklarning kichik koloniyasi bu hududga joylashdi.
1374-yilda, graf Pazin Albert IV vafotidan soʻng, u Gabsburg mulkiga aylandi va 16-asrda Venetsiya Respublikasi tomonidan bosib olindi. Loredan zodagonlar oilasi 1535-yilda Pazindagi grafliklardan Barbanni sotib oldi[1].
Velika Vrata (Buyuk darvoza, 1718-yil) orqali oʻtadigan asosiy maydonda Barokko qurbongohlari va 16-18-asrlardagi Venetsiyalik ustalarning rasmlari, soʻnggi gotika uslubidagi tosh chodiri va rasmlari, yogʻoch barokko haykallari boʻlgan Nikolay cherkovi joylashgan.
Aholisi
tahrir2011-yil maʼlumotlariga koʻra aholi soni 2721 kishi bor boʻlgan boʻlib ularning 75% xorvatlar tashkil qilgan edi. Barban shahrining oʻzida 221 kishi istiqomat qilar edi. Roʻyhatga olish maʼlumotlariga koʻra 2021-yil aholi soni 2,491 kishi boʻlib, shaharda jami 218 kishi istiqomat qiladi[2]. Sutivanac qishlogʻi munitsipalitetdagi eng katta qishloqdir.
Prstenac turniri
tahrirHar yili avgust oyining 3 yakshanbasida Barban shahrida Trka na prstenac nomi bilan tanilgan va Sinjska alkaga juda oʻxshash ot sporti turniri oʻtkaziladi. U kelib chiqishi jihatidan ancha qadimgi va bugungi kunda Italiyaning bir qancha oʻrta asr shaharlarida turli shakllarda nishonlanadi. Barbanda 1696-yilga borib taqaladigan oʻrta asr jousting oʻyiniga oʻshash oʻyindir. Ushbu anʼana sayyohlar va tomoshabinlarni jonli va mashhur bayramga jalb qiladi.
Manbalar
tahrir- ↑ „ISTRA.HR“ (hr). www.istra.hr. Qaraldi: 2023-yil 26-aprel.
- ↑ POPULATION BY AGE AND SEX, BY SETTLEMENTS, 2021 CENSUS – DZS Croatian Bureau of Statistics (xorvatcha)
Tashqi havolalar
tahrir- Rasmiy sayti (xorvatcha)
- Town of Barban at Istrianet.org