Barbar tili — barbarlar tili. Xom-som tillari oilasiga mansub. Liviya, Tunis, Jazoir, Marokash, Mavritaniya, Mali, Yuqori Volta, Niger, Nigeriya, Chad va boshqa mamlakatlarda tarqalgan. 300 ga yaqin shevadan tarkib topgan. Bularni beshta asosiy lahja guruhlariga birlashtirish mumkin: tuareg lahjasi (Liviya, Jazoir, Mali, Niger, Nigeriya, Chad), zenet lahjasi (Jazoir, Shim. Marokash), tamaziy lahjasi (Marokash), tashelhayt lahjasi (Marokash), zenaga lahjasi (Mavritaniya). Misr, Suriya, Liviya, Tunis va Mavritaniyada arab tili Barbar tili ni siqib chiqarayotgan boʻlsa, Jazoir va Marokashda Barbar tili da soʻzlashuvchilar yil sayin koʻpaymoqda. Barbar tili da urgʻu juda kuchsiz. Oʻzak bir, ikki, uch, hatto turt undoshdan tuziladi. Barbar laxjalarining fonetik, morfologik, sintaktik va leksik birligi yagona Barbar tili mavjudligiga asos boʻladi. Barbar, arab va lotin alifbolari yordamida barbar tili va uning lahjalarini yozib olishga harakat qilingan.[1]

ManbalarTahrirlash

  1. "Barbar tili" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil