Barbara Bouchet

germaniyalik-amerikalik aktrisa

Barbara Bouchet (nemischada ismi: Bärbel Gutscher; 1943-yil, 15-avgust)[1][2] — nemis-amerikalik millatiga mansub Italiyada istiqomat qiladigan va ishlaydigan aktrisa hamda tadbirkor.

Barbara Bouchet
Tavalludi
Bärbel Gutscher

15-avgust 1943-yil (1943-08-15) (81 yosh)
Fuqaroligi AQSh va Italiya
Kasbi Aktrisa, Raqqosa
Faoliyat yillari 1959-hozirgacha
Turmush oʻrtogʻi
Luigi Borghese
(turm. 1974; sep 2006)
Bolalari 2 nafar

U 80 dan ortiq filmlar va televizion epizodlarda rol oʻynagan va fitnes boʻyicha videolar hamda kitoblar ishlab chiqaradigan produserlik kompaniyasiga asos solgan. Shuningdek, u fitnes studiyasiga egalik qiladi va uni boshqaradi. U Casino Royale (1967) filmida Miss Moneypenny rolida, „Donʼt Torture a Duckling“ (1972) filmida Patrizia rolida, „Sweet Charity“da (1969) Ursula rolida, The Red Queen Kills Seven Times (1972) filmida Kitty Wildenbruck rolida, Caliber 9 (1972)da Nelly Bordon rolida, The Scarlet and The Black filmida (1983) Minna Kappler rolida va Martin ScorseseningGangs of New York“ filmida (2002) Missis Schermerhorn rolida koʻrinish bergan.

Yoshligi

tahrir

Bärbel Gutscher Fashistlar Germaniyasiga berilgan Chexoslovakiyaning bir qismi boʻlgan Sudetlendning Reyxenberg shahrida tugʻilgan va bugungi kunda ushbu shahar Chexiya Respublikasining bir qismidir. Uning toʻrtta ukasi bor[3]. Uning otasi Frits fotograf, onasi Ingrid esa aktrisa edi.

U raqqosa sifatida kunning xit qoʻshiqlari ostida jonli raqsga tushgan va haftasiga olti kun televizorda boʻlish orqali mahalliy darajada tanilgan oʻsmir raqqosalardan biridir. Raqqosa 1959-yildan 1962-yilgacha shoularda qatnashgan, keyin kino sanoatiga kirish uchun Hollywoodga koʻchib oʻtgan va nemis tilidagi ismini fransuzcha Barbara Bouchetga oʻzgartirgan. 

Faoliyati

tahrir

Bouchet oʻz karyerasini jurnal muqovalari uchun model sifatida rasmga tushish va televidenie reklama roliklarida suratga tushish bilan boshlagan. Uning birinchi aktyorlik roli „ What a way to go!“ filmidagi kichik roli edi (1964). Bu 1960-yillarda bir qator boshqa rollarga olib keladi. U "John Goldfarb, Please Come Home (1964), In Harm's Way (1964), and Agent for H.A.R.M. (1966) filmlarida suratga tushgan.

U Playboy jurnalining ikkita nashrida yarim yalangʻoch holda paydo boʻlgan: 1965-yil may (In Harm’s Way filmidan lavhalar) va 1967-yil fevral ("The Girls of Casino Royale ")[4].

U Gregory Peck bilan muvaffaqiyatli telefilm boʻlgan „The Scarlet and The Black“ (1983) filmida rol oʻynagan. 1985-yilda u produserlik kompaniyasini tashkil etadi va fitnes boʻyicha kitoblar va videolarning muvaffaqiyatli seriyasini ishlab chiqarishni boshlaydi. Bundan tashqari, Bouchet Rimda fitnes studiyasini ochadi. 2002-yilda Bouchet „ Gangs of New York“ filmida Missis Shermerhorn rolini oʻynagan.

Shaxsiy hayoti

tahrir

1974-yilda Bouchet produser Luigi Borghesega turmushga chiqqqan va undan ikki oʻgʻil farzand koʻrgan: televizion oshpaz Alessandro (1976-yilda tugʻilgan) va barmen Massimiliano (1989-yilda tugʻilgan). Uning eri keyinchalik uning baʼzi filmlariga produserlik qiladi. Ular 2006-yilda ajralishadi[5].

Filmografiyasi

tahrir

Filmlarda

tahrir
Yil Sarlavha Rol Izohlar
1964 A Global Affair Woman Cameo koʻrinishida
What a Way to Go! Girl on plane Cameo koʻrinishida
Bedtime Story German girl Cameo koʻrinishida
Good Neighbor Sam Receptionist
Sex and the Single Girl Photographer Cameo koʻrinishida
1965 John Goldfarb, Please Come Home! Astrid Porche
In Harm’s Way Liz Eddington
1966 Agent for H.A.R.M. Ava Vestok
1967 Casino Royale Moneypenny
Danger Route Mari
1969 Sweet Charity Ursula
1970 The Syndicate: A Death in the Family Monica Brown
Il debito coniugale Candida
L’asino d’oro Pudentilla
The Swinging Confessors Mrs. Marchio
1971 Le calde notti di Don Giovanni Esmeralda Vargas
The Man with Icy Eyes Ann Saxe
Black Belly of the Tarantula Maria Zani
Non commettere atti impuri Nadine
Amuck! Greta Franklin
1972 Winged Devils Karin
Una cavalla tutta nuda Gemmata
Caliber 9 Nelly Bordon
Valerie Inside Outside Valeria Rocchi
Casa d’appuntamento Francine Boulert
The Red Queen Kills Seven Times Ketty Wildenbrück
Racconti proibiti… di niente vestiti! Lucrezia
Donʼt Torture a Duckling Patrizia
Finalmente… le mille e una notte Mariam
La calandria Lucrezia
1973 Ancora una volta prima di lasciarci Luisa
My Pleasure Is Your Pleasure Prostitute Cameo koʻrinishida
Ricco the Mean Machine Scilla
Cry of a Prostitute Margie
1974 La badessa di Castro Elena
La svergognata Silvia Lorenzi
1975 L’amica di mia madre Barbara
Down the Ancient Staircase Carla
Amor vuol dir gelosia Corinna Borotto
Duck in Orange Sauce Patty
The Hook Laura Maras
1976 Sex with a Smile Barbara Segment: „I soldi in bocca“
Tutti possono arricchire tranne i poveri Countess Federici
Death Rage Annie
Sex with a Smile II Violante Segment: „L’armadio di Troia“
1977 L’appuntamento Ingrid
1978 Blood and Diamonds Lisa
How to Lose a Wife and Find a Lover Eleonora Rubens
Travolto dagli affetti familiari Barbara
1979 Liquirizia Miss Raffaella
Saturday, Sunday and Friday Enza Paternò Segment: „Sunday“
1980 I’m Photogenic O'zi Cameo koʻrinishida
La moglie in vacanza… l’amante in città Valeria
1981 Spaghetti a mezzanotte Celestre Lagrasta
Per favore, occupati di Amelia Amelia
Crema, cioccolata e… paprika Eleonora Bonifazi
Perchè non facciamo l’amore? Manuela Robelli
1984 Diamond Connection Dr. Karen
2001 Our Tropical Island Woman on TV show Cameo koʻrinishida
2002 Gangs of New York Mrs. Schermeron
2005 Trailer for a Remake of Gore Vidal’s Caligula Caesonia Qisqa metrajli film
2008 Bastardi Carmen Iuvara
2009 Butterfly zone — Il senso della farfalla Woman with moustache
La vita dispari Ludovica Levi
2011 Finally the Happiness O'zi Cameo koʻrinishida
2015 Darkside Witches Sibilia
Madame & Monsieur Madame Qisqa metrajli film
2017 Easy — Un viaggio facile facile Delia
In Search of Fellini Hostess Cameo koʻrinishida
2018 Put Grandma in the Freezer Grandma Birgit
2020 Calibro 9 Nelly
Tolo Tolo Mrs. Inge
2021 Una famiglia mostruosa Crisilide

Televizion rollari

tahrir
Yil Sarlavha Rol Izohlar
1964 The Rogues Elsa Idonescu Epizod: „Plavonia, Hail and Farewell“
1965 Voyage to the Bottom of the Sea Tippy Penfield Epizod: „The Left-Handed Man“
1966 The Man from U.N.C.L.E. Narcissus Darling Epizod: „The Project Deephole Affair“
1967 The Virginian Marianne Epizod: „The Fortress“
1968 Tarzan Angela Fraser Epizod: „Jungle Ransom“
Star Trek Kelinda Epizod: „By Any Other Name“
1972 Cool Million Carla Miles Epizod: „Mask of Marcella“
1983 The Scarlet and the Black Minna Kappler Televizion film
1983-1984 Beauty Center Show O'zi Estrada shousi
1993 Quelli della speciale Adrienne Beauvrais Yordamchi rol; 3ta epizod
1996 Un posto al sole Delia De La Roche
2003 Incantesimo Jane Maxsus mehmon rolida; 2ta epizod
2004 Diritto di difesa Gilardi’s mother Yordamchi rol; 5ta epizod
2006 La provinciale Elvira Coceanu Televizion film
2008 Amiche mie Mariella Epizod: „Giù la maschera“
2008-2010 Ho sposato uno sbirro Clarissa Morini Bosh rol; 34ta epizod
2010 Capri Beatrice Maggioni Epizod: „Seconda puntata“
Crimini Loredana Presutti Epizod: „Little Dream“
2014 Il tredicesimo apostolo Mrs. Castro Epizod: „Il pianto del demonio“
2019 Un amore da copertina Betty Richichi Televizion film
2020 Ballando con le Stelle Oʻzi Musobaqa ishtirokchisi (15-mavsum)

Manbalar

tahrir
  1. „Barbara Bouchet“ (Wayback Machine saytida 2018-10-16 sanasida arxivlangan), glamourgirlsofthesilverscreen.com; retrieved 12 December 2014.
  2. Cremonini. „Le Favolose Attrici Anni Settanta“. Self-Publish.
  3. Lisanti, Tom. Film Fatales: Women in Espionage Films and Television, 1962-1973. McFarland, 10-aprel 2002-yil. ISBN 9780786411948. 
  4. „Playboy Magazine February 1967 vol.14, no.2“. Vintage Playboy Mags; retrieved 12 December 2014.
  5. Boccalini, Siria. „Intervista a Barbara Bouchet“ (italyancha). 17-avgust 2007-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-sentabr 2007-yil.

Havolalar

tahrir