Barbara Hund
Barbara Xund (1959-yil 10-oktyabrda Darmshtadtda tugʻilgan) Germaniyada tugʻilgan shveysariyalik ayol shaxmatchi, FIDE ayol grossmeyster (WGM) unvoniga ega. U Juliane va Gerhard Hundning qizi va Fridrix Hund va Ingeborg Seynchening nevarasi.
Biografiyasi
tahrirBarbara Hunt 1959-yil 10-oktyabrda Germaniyaning Dashmart shahrida tugʻilgan.
U ayollar oʻrtasida Germaniyaning birinchi xalqaro grossmeysteriga aylandi (1982). Barbaraning asl mutaxassisligi matematik, lekin oilaviy shaxmatga boʻlgan qiziqish uni shaxmat grossmeyteri darajasigacha olib chiqdi. Barbara Hunt qizlar (1975 — 1978) va ayollar (1978, 1982) oʻrtasida Germaniya chempionatida ishtirok etib, gʻoliblikni qoʻlga kiritgan. Germaniya terma jamoasi tarkibida u 6 ta olimpiadada (1978—1988), Shveysariya nufuzi uchun esa jami 7 ta (1992-1994, 2000-2008 ) shaxmat olimpiadalarida ishtirok etgan.
Barbara Hunt | |
---|---|
Hund 2015-yilda | |
Mamlakat | Shveysariya |
Tugʻilishi |
10 October 1959 Darmstadt, Germaniya | (yoshi 65)
Saravha | Ayol grossmeyster |
FIDE reyting | [1] (fevral 2024) 2095 (dekabr 2021-yil)[1] |
Yuqori reytingi | 2370 (yanvar 1987-yil)[2] |
Shaxmatdagi faoliyati
tahrirBarbara Hunt 1993-yilda shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi Shveysariya chempionatida gʻolib boʻldi.
U 32-shaxmat olimpiadasida bronza medalini qoʻlga kiritgan Gʻarbiy Germaniya ayollar jamoasi safida oʻynadi.
Barbara Hunt 1981 va 1984-yillarda shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida mintaqalararo shaxmat oʻyinlari bosqichga chiqdi.
Shaxsiy hayoti
tahrirHundning oilasi shaxmat anʼanalariga sodiqligi bilan mashhur. Ular oilaviy shaxmat ustalari hisoblanadilar. Jumladan, otasi Gerxard (1932-yilda tugʻilgan) — xalqaro shaxmat ustasi; onasi Juliana (1928-yili tugʻilgan) — ayollar (1975) va erkaklar (1981) oʻrtasida FIDE xalqaro ustasi, shaxmat boʻyicha Germaniya chempionatlari gʻolibi (1964-1967, 1979-1982), ikkita shaxmat olimpiadasi ishtirokchisi hisoblanadi. Barbara Hundning opasi Izabel Hunt (1962-yil tugʻilgan) qizlar (1979, 1980) va ayollar (1980) oʻrtasida Germaniya chempioni, 9-Olimpiada oʻyinlari ishtirokchisi (1980) hisoblanadi.
- ↑ „Rating Progress Chart: Hund, Barbara“. FIDE.com. Qaraldi: 4-yanvar 2022-yil.
- ↑ „FIDE rating history: Hund, Barbara“. OlimpBase.org. Qaraldi: 4-yanvar 2022-yil.