"Barbarossa" rejasi ("Barbarossa Fall") — fashistlar Germaniyasining sobiq Sovet Ittifoqiga qarshi urush ochish rejasining shartli nomi (Barbarossa — bu Germaniya imperatori boʻlib davlat yerlarini sharqqa yurish hisobiga kengaytirishga harakat qilgan va buni boshlagan birinchi imperator hisoblanadi). 1940-yil 21-avgustdan boshlab ishlab chiqilib, shu yil 18 dekаbrda tasdiqlangan. Unda Dnepr va Daugava daryolaridan gʻarbroqdagi hududda Qizil Armiyaning asosiy kuchlarini yashin tezligida tor-mor qilib, Arxangelsk-Volga-Astraxon chizigʻiga chiqish, 2 — 3 oy ichida urushda gʻalaba qozonish moʻljallangan edi. Sobiq Ittifoq xalqlarining jasoratlari va behisob qurbonlari evaziga "Barbarossa" r. barbod boʻldi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil