"BARKLEYS BANK" ("Barklays Bank") — Buyuk Britaniyadagi yirik tijorat banki. 1694-yilda Bankirlar uyi sifatida tashkil etilgan. 1869-yildan "Barkley end kompani" nomi bilan yuritilgan. Angliya banklarining "katta toʻrtligi"ga kiradi. Mamlakatda 2900 boʻlimi va agentligi ishlaydi, 80 xorijiy mamlakatda 2 mingdan ortiq boʻlimlari va shoʻʼba kompaniyalari bor (Afrika, Oʻrta Sharq, Lotin Amerikasi, AQSH, GFR, Belgiya va boshqa mamlakatlarda).

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil