Barg bujmayishi - oʻsimliklarda virus, zamburugʻ, bakteriyalar ta’sirida paydo boʻladigan kasallik. Zararlangan oʻsimlik yaxshi rivojlanmaydi, barg shapalogʻi och yashil tusga kirib, bujmaloqlashadi, sathi mayda dogʻlar bilan qoplanadi, moʻrt boʻlib qoladi. Barg bujmayishi gʻoʻza, kartoshka, beda, mevali daraxtlar, piyoz va boshqa oʻsimliklarda uchraydi. Ingichka tolali gʻoʻza navlari ham bu kasallikka yoʻliqadi, poyasining yuqori qismidagi boʻgʻim oraligʻi qisqarib, hosili 50% gacha kamayadi. Kasallik, asosan, hasharotlar orqali tarqaladi. Barg bujmayishi ga qarshi ekinzorga fungitsidlar, 1% li bordo suyukligi eritmasi purkaladi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil