Barg naqshlari - islimiy naqsh elementi; oʻsimlik bargining bezak san’atidagi badiiy ifodasi, naqsh mujassamotini tashkil etuvchi asosiy elementlardan. Badiiy hunarmandlik (naqqoshlik, ganchkorlik, kulollik, miskarlik, kashtadoʻzlik va boshqalar)da keng qoʻllaniladi. Tabiatda uchraydigan oʻsimlik Barg naqshlari ustalar tomonidan bezakda uslublashtirib olinadi hamda turli (shobarg , qoʻshbarg , chorbarg , madohil barg va h. k.) koʻrinishlarda sodda va murakkab holda aks ettiriladi. Chizma, boʻyama, oʻyma, tikma naqshlarda Barg naqshlari ning 50 dan ortiq turi uchraydi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil