Barguzin tizmasi - Sharqiy Sibir (Buryatiya)dagi togʻ tizmasi. Baykal koʻlining shim.-sharqiy sohilida. Granit, gneys kabi jinslardan iborat. Uzunligi 280 km. Oʻrtacha balandligi 2000 m, eng baland joyi — 2840 m. Yon bagʻirlari tayga oʻrmonlari, yuqori qismi subalp va alp oʻtloqlari va soʻngra togʻ tundrasi bilan qoplangan. Barguzin tizmasi yon bagʻrida Barguzin qoʻriqxonasi, mineral buloqlar bor.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil