Barion yulduz — nazariy tadqiqotlarda oldindan aytib berilgan oʻta zich osmon jismi. U asosan ogʻir elementar zarrachalardan tashkil topgan; massasining asosiy qismi markaziy sohasida boʻlishi kerak. Bu natijalar musbat energiyali va muvozanat holatida boʻlgan yulduzlarning barqarorligini tekshirish hamda Ambarsumyanning oʻta zich obʼyektlar tugʻilishi bilan bogʻliq taraqqiyot konsepsiyasini tahlil qilish kabi nazariy yoʻnalishlarda qoʻlga kiritilgan. Dastlabki hisoblar asosida Barion yulduz giperon yadro (zichligi r>1015 gr/sm), oraliq neytron qatlamva aynigan elektron-proton gaz qobiqlaridan iborat, deb taxmin kilinadi. Uning massasi 2 Quyosh massasidan kichik, radiusi 10 km atrofida.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil