Bariton (ital. baritono, yun. barus — vazmin, past; ton—tovush) — 1) erkak xonandalar ovozining bir turi, balandligi jihatidan bas bilan tenor oraligʻida. Diapazoni katta oktavadagi lyasi bilan birinchi oktavadagi sol oʻrtasida. Lirik va dramatik turlarga boʻlinadi. Oʻzbek xonandalaridan M. Qoriyoqubov, N. Hoshimov, S. Benyaminov, chet el xonandalaridan D. Fisherdiskau, M. Mago-Masv, G. Ots, D. Xvorostovskiylar B. ovozlari bilan mashhur; 2) torlikamonli musiqa asbobi (18- a.). Unda 6 — 7 asosiy va 7— 20 rezonans (aks sado) beruvchi torlar boʻlgan; 3) mundshtukli puflama musiqa asbobi, trubadan bir oktava past tovush beradi. Puflama sozlar (asosan, harbiy) orkestrlarida qoʻllaniladi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil