Bariy gidroksid, oʻyuvchi bariy, Va(ON)2 — asos (ishqor); rangsiz kristall modda. R-(— 273° dan 246° gacha turgʻun) va a-(246° dan 408° gacha turgʻun) modifikatsiyalari mavjud. Suyuqlanish temperaturasi 408°. B. g . 800° da VaO va suvga toʻliq ajraladi. Odatdagi sharoitda uchraydigan Va(ON)2-8N2O rangsiz kristall modda boʻlib, zichligi 21$0 kg/m3-78° da oʻzining kristallizatsion suvida suyuqlanadi. Suvda (20° li 100 g suvda 3,5 g) eriydi. Suvdagi eritmasi kuchli ishqoriy xossaga ega. Suvdagi toʻyingan eritmasi barit suvi deb ataladi. Eritma havoda SO2 ni yutadi, bunda bariy karOonat (VaSO3) hosil boʻladi. VaSO3 esa oʻz navbatida eritmani xiralashtiradi. B. g . karbonat va sulfat ionlarini ochishda sezgir reaktiv hisoblanadi. Sanoatda eritmani sulfat ionlaridan tozalashda, bariyning koʻpchilik tuzlarini olihda va qand-shakar ishlab chiqarishda qoʻllanadi. B. g . polimerlash reaksiyalarini boshlab beradigan moddadir.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil