Bariy nitrat, bariyli selitra, Ba(NO3)2 — nitrat kislotaning bariyli tuzi, kubik panjarali rangsiz kristall modda. Suyuqlanish temperaturasi 595°, zichligi 3240 kg/m3. Suvda eruvchanligi: 100 g da 5 g (0°da), 9,2 g (20° da), 34,2 g (100° da). Spirtda va konsentrlangan nitrat kislotada erimaydi. Ishqoriy metallar nitratlari, ammoniy nitrat va bariy bromid bilan evtektik aralashmalar, kobalt va stronsiy nitratlar bilan qattiq eritmalar hosil qiladi. 595° dan yuqori temperaturada bariy nitritga aylanib, 670° atrofida bariy oksidgacha ajraladi. Tabiatda nitrobarit minerali holida uchraydi. Bariy nitrat bariy sulfid yoki bariy karbonatga nitrat kislota, shuningdek almashinish reaksiyalaridan foydalanib bariy xlorid, bariy gidroksid yoki bariy sulfidga kalsiy, ammoniy, kaliy yoki natriy nitratlar taʼsir ettirib olinadi. Bariy oksid va bariy peroksid olishda, emal va sirlarning komponenti sifatida hamda yashil bengal olovlari tayyorlashda qoʻllanadi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil