Barot

podshoh, sulton, xon tomonidan soliq yoki jarimadan ozod etish

Barot (arab. — maktub, podshoh yoki xon guvohnomasi) — podshoh, sulton, xon tomonidan soliq yoki jarimadan ozod etish; yerga vaqtincha yoki toʻla egalik qilish huquqini beruvchi yorliq. Maʼlum shart bilan biron mansabni egallash, xalqdan soliq toʻplash, u yoki bu kishidan maʼlum hajmdagi pulni olish va boshqa uchun hukmdor devoni tomonidan berilgan maxsus yorliq, guvohnoma. Yorliq egasi barotdor deb atalgan. B. podshoh, xonning tugʻrosi (gerb, davlat nishonasi) va muhri bilan tasdiqlangan.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil