Barqarorlik va oʻzgaruvchanlik

Barqarorlik va oʻzgaruvchanlik — dialektik falsafaning juft tushunchalari. Barqarorlik narsa va hodisalarga xos muayyanlikni ifodalasa, oʻzgaruvchanlik ularning maʼlum bir holatdan boshqa bir holatga oʻtish jarayonini bildiradi. Oʻzgaruvchanlik keng maʼnodagi harakat tushunchasini ifodalab, shu maʼnoda mutlaq harakterga ega. Tayin narsalarga oid xossa sifatida esa u nisbiydir, chunki narsalarning oʻzgarishi biron-bir muayyanlikka nisbatangina sodir boʻladi. Oʻzgaruvchanlikni barqarorlikdan ajratib mutlaqlashtirish skeptitsizm va relyativizmag olib kelsa, aksincha, barqarorlikni mutlaqpashtirish aqida-parastlikka olib keladi. Dialektika Barqarorlik va oʻzgaruvchanlikni oʻzaro uzviy birlikda, mavjud dialektik qaramaqarshiliklar tarzida olib qaraydi. Aniq fanlarda Barqarorlik va oʻzgaruvchanlik tushunchalari tegishli tayin tushunchalar bilan ifodalanadi va i-tlarda muhim metodologik ahamiyat kasb etadi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. "Barqarorlik va oʻzgaruvchanlik" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil