Barrankilya — Kolumbiyaning shim.- gʻarbidagi shahar, Atlantiko departamentining maʼmuriy markazi. Aholisi 1,35 mln. kishi (1985, shahar atrofi bilan). Magdalena daryosi boʻyidagi port, okean kemalari ham kira oladi. Mamlakatning savdo-sanoat markazi. Neftni qayta ishlash, kimyo, sement, poyabzal, toʻqimachilik, metallsozlik va kemasozlik sanoati korxonalari mavjud. B. porti orqali chetga kofe, teri, neft mahsulotlari chiqariladi. Xalqaro aeroport, universitetlar bor. Shaharga 1629-yilda asos solingan.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil