Bashorat
Bashorat (arab. — xushxabar, suyunchi xabar) — ilmiy bilishning bir shakli, hali fanga toʻla maʼlum boʻlmagan, imkoniyat tariqasidagi hodisalar, turli jarayonlar toʻgʻrisida oldindan fikr aytish. Bashorat ijodiy jarayon boʻlib, tabiat, jamiyat taraqqiyoti obyektiv qonunlarining fanda oʻrganilgan asoslariga suyanadi, shundan kelib chiqadi. Har bir fan Bashorat uchun boy material beradi. Mas, astronomiyadagi bilimlar Oy va Quyosh tutilishi muddatini bir necha yil oldin aiiq qilib belgilash imkonini berdi; kimedagi bilimlar asosida hali topilmagan elementlar oldindan aytildi va hokazo. Nazariy va tajriba maʼlumotlarini umumlashtirish, hodisalar qonuniyatlari va aloqasini hisobga olish asosida oldindan aytish ijtimoiy hayotda, fan rivojida muhim ahamiyatga ega.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |