Bashshor Hofiz al-Asad (arabcha: بشار حافظ الأسد Baššār Ḥāfiẓ al-ʾAsad; 11-sentyabr 1965-yil, Damashq) — 2000-yil 17-iyuldan 2024-yil 8-dekabrgacha Suriya Prezidenti.

Bashshor Hofiz al-Asad
Bashshor al-Asad

Mansabda boʻlgan yillari
17-iyul 2000-yildan – 8-dekabr 2024-yilgacha

Tavalludi

11-sentyabr 1965-yil
Damashq, Suriya bayrogʻi Suriya
Siyosiy partiya al-Baʼs
Turmush oʻrtogʻi Asmo Asad
Imzo

Biografiyasi

tahrir

Bashshor al-Asad otasi mamlakat oliy rahbariga aylanishidan roppa-rosa besh yil oldin, 1965-yilda poytaxt Damashqda dunyoga kelgan. Besh farzandning uchinchisi boʻlgan Bashshorning bolaligi shohona oʻtgan. Suriyaning boʻlajak rahbariga nisbatan atrofdagilarning eʼtibori kamroq edi. Hammaning ogʻzida uning akasi Bosil boʻlib, xarizmatikasi, oʻziga ishonganligi bilan aynan u Hofizning vorisi sifatida koʻrilardi. Bashshor esa uyatchan va siyosatga qiziqmasdi[1].

Bashshor oʻrta maktabni 1982-yilda tamomladi va harbiy doktor boʻlishga qaror qildi. Maqsadini amalga oshirish uchun Londondagi Western Eye Hospitalning oftalmologiya fakultetiga yoʻl oldi.

1994-yilda Bashshorning hayoti butunlay oʻzgarib ketadi, akasi Bosil avtoxalokatda vafot etadi. Endilikda butun eʼtibor xech kim kutmagan vorisga qaratiladi. Bosilning dafn marosimi tugashi bilanoq Bashshorning prezidentlikka tayyorgarlik davri boshlanadi: u harbiy akademiyaga joylashadi va marhum akasining ofisida ishlay boshlaydi.

Hofiz al-Asad ham 2000-yil 10-iyunda vafot etadi. 34 yoshli boʻlajak prezidentning oldida bir muammo paydo boʻladi: hokimiyatni qonuniy egallash uchun uning yoshi yetmas edi. Buning imkoni tez orada topiladi, parlament prezidentlikka nomzodning yoshini 34 yoshgacha minimallashtiradi. Ana shundan soʻng „adolatli“ saylovlar oʻtkaziladi va 2007-yilda Suriya xalqi Bashshor al-Asadni yana bir bor „qayta saylaydi“.

Prezident boʻlishini xech kim taxmin qilmagan Bashshor davlatni shu paytgacha qoyillatib boshqarolmadi. Koʻpchilikning fikricha, unda marhum akasidagidek xarizma va ishonch yetishmaydi. 1983-yildagi davlat toʻntarishi amalga oshmay mamlkatdan qochib ketgan Bashshorning amakisi Rifat jiyani haqida CNNga shunday degandi: „Bashshor rejim uning nomidan nimaga qaror qilsa, faqat shunga ergashadi.“

Balki Bashshor al-Asaddan yaxshi doktor mumkin edi, lekin u yaxshi davlat rahbari boʻlolmagani aniq. U haqida Suriyaning sobiq Bosh Vaziri Abdul Halim Haddam shunday deydi: „Siz erta tongda u bilan nimanidir muhokama qilishingiz va ikklangiz bir qarorga kelishingiz mumkin, lekin tushdan soʻng boshqa birov kelib, uning fikrini oʻzgartirib ketishi juda oson.

Toʻsatdan kelgan oliy lavozim va uning uquvsizligi Suriyani yomon ahvolga boshlab keldi. Bashshor al-Asadning harakatlaridan, u mamlakatni saqlab qolish uchun emas, balki oʻz jonini saqlab qolish uchun kurashishni payqash mumkin. Bashshor xech qachon prezident boʻlishga harakat qilmagandi, odamlar ham uni boʻlajak rahbar sifatida koʻrishmasdi. Barcha taxminlar haqiqat boʻlib chiqdi: Bashshor al-Asad „yaxshi“ diktator boʻlolmadi. Al asad mamlakatni yaxshi boshqara olmagan bolsa 24yil davomida rahbarlik qilgan...

Manbalar

tahrir
  1. SURIYAGA SAYOHAT[sayt ishlamaydi]