Basrishoh masjidi
Basrishoh masjidi Hindistonning Kalkutta shahrida joylashgan eng qadimgi masjiddir[1]. U Kalkutta tumanining Chitpur – Kossipor hududida, Panchanan Mukherji va Sett Pukur yoʻli kesishmasida joylashgan. Bu Kolkata Municipal Corporation tomonidan roʻyxatga olingan madaniy meros obyektlaridan biridir.
Masjid | |
Basrishoh masjidi
বশরী শাহ মসজিদ | |
Basrishoh masjidi, 2015-yil | |
Mamlakat | Hindiston |
Shahar | Kalkutta |
Koordinatalar | 22°36′30″N 88°22′11″E / 22.608470°N 88.369655°E |
Yoʻnalishi | Sunniy, Hanafiy |
Asosiy sana: 1804-yil
| |
Minoralar soni | 4 |
Minoralar soni | 4 |
Basrishoh masjidi Vikiomborda |
Masjidda uchta gumbaz va toʻrtta minora bor[2].
Tarixi
tahrirKalkutta tashkil etilishidan oldin hozirgi Basrishoh masjidi oʻrnida eski masjid boʻlgan. Hozirgi masjid hijriy 1219-yilda Jafir Ali tomonidan qurilgan. Masjid yaqinida joylashgan Basrishoh ziyoratgohi sharafiga shunday nom olgan. Basriy Iroqning Basra shahridan chiqqan avliyo boʻlib, 1760-1790-yillar orasida Kalkuttada istiqomat qilgan. Uning oʻlimidan keyin izdoshlari tomonidan ziyoratgoh qurilgan[3]. Masjid koʻp yillardan davomida tashlandiq holatda qolib ketgan. Kolkata Municipal Corporation taʼmirlash ishlarini amalga oshirib, masjidni madaniy meros obyektlari roʻyxatiga qoʻshdi[2].
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ Janice Leoshko. Calcutta through 300 years.
- ↑ 2,0 2,1 Amlan Chakraborty. „Basri Shah Masjid: Kolkata’s Oldest Mosque“. livehistoryindia.com (2021-yil 5-aprel).
- ↑ Pijush Kanti Roy. Mosques in Calcutta, 2012.
Havolalar
tahrir- Vikiomborda Bashiri Mosque mavzusiga oid fayllar bor
- Heritage List With Grade (PDF) :: Kolkata Municipal Corporation