Bataklar — Indoneziyada (asosan Sumatra orollarida) yashovchi xalqlar guruhi (toba, karo, paklak, simalungun, mandayling , angkola). 4,5 mln. kishi (1992). Indonez tillari tarkibiga mansub tillarda soʻzlashadi. Dindorlari — musulmon-sunniylar, toba — protestantlar, karolar anʼanaviy eʼtiqodlarga rioya qiladilar.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil