Batist (frans. batiste) — juda ingichka pishitilgan ipdan polotnoli urilishda toʻqilgan gazlama. Zigʻir yoki paxta tolasidan olinadigan iplardan toʻqiladi. Oq yoki har xil och rangda boʻladi. B.dan yozgi koʻylak, ich kiyim, choyshab, yostiq jildlari va boshqa buyumlar tiqiladi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil