Batometr — suvning kimyoviy va fizikaviy xossalarini tekshirish, undagi organik hamda anorganik koʻshilmalarini aniqdash maqsadida tabiiy suv havzalaridan muayyan chuqurlikda namuna oladigan asbob. Tez toʻladigan va sekin toʻladigan xillari boʻladi. Tez toʻladigan dengiz Batometr ichi boʻsh metall silindr boʻlib, qopqoq va termometr bilan taʼminlanadi. Oddiy shisha idish sekin toʻladigan Batometr vazifasini oʻtaydi. Shisha idish maʼlum chuqurlikka tushirilib, tiqini maxsus chilvir yordamida ochiladi va suv toʻlgach, tortib olinadi. Bulardan tashqari tub (chuqurlik) Batometr ham boʻladi. U bilan daryo tubidagi oqiziqlar tutib olinadi va suvdagi muz kristallari miqdori oʻlchanadi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil