BAUER (Bauer) Bruno (1809.6.9, Eyzenberg — 1882.13.4, Riksdorf) — nemis faylasufi, ilk xristianlikling tadqiqotchisi. Insonning maqsadi koinotning botiniy mohiyatini yuzaga chiqarishdan iborat, uning axloq-odobi ham ayni shu maqsad bilan belgilanishi zarur, deb hisoblagan. Uning fikricha, dunyo asosida "oʻz-oʻzini anglash" yotadi. B. inson ongini ilohiylashtiradi va tarixni harakatga keltiruvchi kuch aqliy faoliyat, deb hisoblaydi. Asosiy asarlari: "Ioann injilining tanqidi" (1840), "Sinoptik injillar tanqidi", 1 - 3-jild (1841 - 42).

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil