Baxodir Xusanov Ergashevich – 1970-yil 22-mayda Namangan viloyati, Chust tumanida tugʻilgan. Falsafa fanlari nomzodi, dotsent. 2023-yildan Namangan davlat pedagogika instituti rektori lavozimida ishlab kelmoqda[1][2].

Xusanov Baxodir Ergashevich

Baxodir Xusanov 2023-yil
Tavalludi 22-may 1970-yil (1970-05-22) (53 yosh)
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Taʼlimi Toshken davlat universiteti (hozirgi OʻzMU)(1993-yil)
Faoliyat yillari 1993-hozirgacha
Unvoni dotsent
Bolalari 3

Faoliyati tahrir

1987-1993-yillar – Toshkent davlat universiteti talabasi;

1993-1994-yillar – Toshkent davlat universiteti etika va estetika kafedrasi oʻqituvchisi;

1994-1997-yillar – Toshkent davlat universiteti aspiranti;

1997-1998-yillar – Toshkent davlat universiteti etika va estetika kafedrasi kabinet mudiri;

1998-2000-yillar – Toshkent davlat universiteti etika va estetika kafedrasi oʻqituvchisi;

2000-2001-yillar – Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston milliy universiteti etika va estetika kafedrasi katta oʻqituvchisi;

2001-2003-yillar – Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston milliy universiteti maʼnaviyat va maʼrifat markazi boshligʻi;

2003-2004-yillar – Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston milliy universiteti etika va estetika kafedrasi dotsenti;

2004-2005-yillar – Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston milliy universiteti maʼnaviy-maʼrifiy va gumanitar taʼlim ishlari boʻyicha prorektor oʻrinbosari;

2005-2006-yillar – Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston milliy universiteti ijtimoiy-siyosiy fanlar fakulteti dekan vazifasini bajaruvchisi;

2006-2017-yillar – Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston milliy universiteti etika va estetika kafedrasi mudiri;

2017-2019-yillar – Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektori[3];

2019-2022-yillar – Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlari boʻyicha;

2022-2023-yillar – Chirchiq davlat pedagogika universiteti yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlari boʻyicha birinchi prorektori;

2023-yil va hozirda – Namangan davlat pedagogika instituti rektori[4][5].

Manbalar tahrir