Bahrom Muzaffer (turkcha: Bahram Muzaffer; 1986-yil 4-avgust, Fargʻona) — turkiyalik bokschi, yengil va birinchi ogʻir vazn toifalari vakili. U 2000-yillarning ikkinchi yarmidan 2010-yillarning birinchi yarmiga qadar Turkiya milliy boks terma jamoasi safida oʻynagan, Yevropa chempionatining bronza medali sohibi, koʻplab xalqaro turnirlar gʻolibi va sovrindori, ikki karra yozgi Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etgan.

Baxrom Muzaffer
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi erkak
Fuqaroligi Turkiya bayrogʻi Turkiya
Tavallud sanasi 1986-yil 4-avgust
Oʻzbekiston Respublikasi, Fargʻona viloyati
Boʻyi 188 sm
Vazni 91 kg
Sport
Qaysi sport boks
Klubi (qaysi klub)
Faol tomoni (chapaqay/oʻnaqay)
Medallar
2011-yilda Anqarada oʻtkazilgan Yevropa chempionati, 3-oʻrin

Biografiyasi tahrir

Bahrom Muzaffer 1986-yil 4-avgustda O‘zbekiston SSR Farg‘ona shahrida mesxetin turklari oilasida dunyoga kelgan. Uch yildan so‘ng ota-onasi Rossiyaga, so‘ngra Ozarbayjonga ko‘chib ketishdi va nihoyat 1996-yilda Turkiyaga joylashishadi.

U ilk bor 2005-yilgi mavsumda Tallin shahrida o‘tkazilgan o‘smirlar o‘rtasidagi Yevropa chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritib, oʻz sport faoliyati bilan xalqaro maydonda taniladi.

2006-yilda Olmaotada oʻtkazilgan talabalar oʻrtasidagi jahon chempionatining kumush medali sovrindori boʻlga. Bir marotaba Turkiya terma jamoasi safida Pech shahrida boʻlib oʻtgan Yevropa Ittifoqi chempionatida ishtirok etadi va u yerdan yengil vazn toifasida qoʻlga kiritilgan oltin medal bilan uyiga qaytadi.

2007-yilda yengil vazn toifasida Turkiya chempioni boʻladi. Dublindagi Yevropa chempionatida u bronza medalini qoʻlga kiritadi. U Chikagodagi Jahon chempionatida ishtirok etadi va u yerda 1/16 finalda oʻz bahslarini yakunlaydi.

2010-yil iyun oyida Moskvada boʻlib oʻtgan Yevropa chempionatida chorak finalda vengriyalik Yozef Darmosga ochkolar hisobidan (5:9) yutqazadi[1].

Trabzonda boʻlib oʻtgan Yevropa Olimpiya saralash bahslarida u yengil vaznda birinchi oʻrinni egallaydi va bir qator muvaffaqiyatli chiqishlari tufayli 2012-yilda Londonda boʻlib oʻtgan Olimpiada oʻyinlarida mamlakat sharafini himoya qilish huquqini qoʻlga kiritadi. Ammo 81 kg vazn toifasidagi birinchi jangida u eronlik Esxon Ruzbaxoniyga bahsni boy beradi va medallar uchun kurashlarni tark etadi.

2015-yilda Bokudagi Yevropa oʻyinlarida ishtirok etadi[2].

Manbalar tahrir

  1. „Чемпионат Европы 2010: результаты четвертьфиналов“ (rus). vRINGe.com (2010-yil 10-iyun). 2021-yil 22-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 2-avgust.
  2. Po materialam bazi dannix amateur-boxing.strefa.pl

Havolalar tahrir