Baxshanda Norova

Sovet kolxozchisi

Baxshanda Norova (1932-yil, Arabxona qishlogʻi, Buxoro tumani, Buxoro viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR — ?) — paxtakor, Buxoro tumani „Paxtakor“ kolxozi brigadiri (1974), Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1957), KPSS a'zosi (1957)[1].

Baxshanda Norova
Tavalludi 1932-yil
Arabxona qishlogʻi, Buxoro tumani, Buxoro viloyati
Vafoti Nomaʼlum
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Kasbi Qishloq xo'jaligi xodimi, paxtakor
Unvoni
Mukofotlari

Tarjimayi holi tahrir

1932-yili Buxoro tumani Arabxona qishlogʻi dehqon oilasida tavallud topgan. Boshlangʻich taʼlimni olgach, mehnat faoliyatini 1951-yildan Buxoro tumanidagi „Paxtakor“ kolxozida kolxozchi sifatida ish boshlagan. Keyinchalik ushbu kolxozning zveno boshligʻi, 1974-yildan to pensiyga chiqqunga qadar shu kolxozning brigadiri sifatida faoliyat yuritgan[2]. 1955-yilda u koʻp ming kilogrammchilar harakatiga qoʻshilib, mavsumda zvenosi bilan birgalikda qoʻlda 15 tonna paxta tergan, zvenosi paxtadan yuqori hosil yetishtirgan.

Manbalar tahrir

  1. OʻzSE 1976, s. 69
  2. Sergey Kuzovatov. „Norova Baxshanda“ (Rus tilida). 2022-yil 21-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 21-avgust.

Adabiyotlar tahrir

  • Oʻzbek Sovet Ensiklopediyasi, VIII tom, Toshkent: OʻzSE Bosh redaksiyasi, 1976 — 656 bet.