Baxt (shahar)
Baxt (1964-yilgacha Velikoalskseevskaya) — Sirdaryo viloyatining shimoliy-sharqqismida joylashgan shahar (1980 yildan). Viloyatning shimoliy-sharqida joylashgan. Aholisi 27 ming kishi (2019). Toshkent — Xovos temir yoʻl hamda Katta Oʻzbekiston trakti (Toshkent — Termiz avtomobil yoʻli) yoqasida. Toshkentdan 95 km janubiy-gʻarbda. Baxt shaxrida paxta tozalash, non zavodlari, qandolatchilik, yaxna ichimliklar sexlari, ishlab chiqarish tijorat firmasi, 4 umumiy taʼlim maktabi, kechki taʼlim maktabi, bolalar va oʻsmirlar markazi, oʻquvchilar ijodiy uyi, markaziy kasalxona, ambulatoriya, madaniyat uyi, 2 kutubxona bor.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |