Baxtiyor Adizov

oʻzbekistonlik olim, pedagogika fanlari doktori, professor

Baxtiyor Rahmanovich Adizov (1960-yil 16-noyabr, Buxoro tumani, Buxoro viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, pedagogika fanlari doktori, professor.

Baxtiyor Adizov
Tavalludi 16-noyabr 1960-yil (1960-11-16) (63 yosh)
Buxoro tumani, Buxoro viloyati, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Ish joylari Buxoro davlat universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi
Taʼlimi Buxoro davlat pedagogika instituti
Ilmiy darajasi pedagogika fanlari doktori
Ilmiy unvoni professor

Biografiyasi tahrir

Baxtiyor Rahmanovich Adizov 1960-yil 16-noyabr Buxoro tumanidagi Kulonxona qishlogʻida dehqon oilasida tavallud topgan. 1978-yil tumandagi Alisher Navoiy nomidagi 4-sonli maktabni bitirgan, 1978-yilda Buxoro davlat pedagogika instituti pedagogika va boshlangʻich taʼlim metodikasi fakultetiga oʻqishga kiradi. 1983-yilda institutni tugatib, oʻsha yildan boshlab institutning boshlangʻich taʼlim pedagogikasi kafedrasi oʻqituvchisi lavozimida pedagoglik faoliyatini boshladi. 1985—1987-yillarda Qori Niyoziy nomidagi Oʻzbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti stajyor-tadqiqotchisi, 1987—1990-yillarda Toshkent davlat pedagogika instituti aspiranti, 1991—1993-yillarda Buxoro davlat pedagogika instituti boshlangʻich sinflar pedagogikasi kafedrasi oʻqituvchisi, 1993—1995-yillarda Buxoro davlat universiteti boshlangʻich taʼlim pedagogikasi va psixologiyasi kafedrasi dotsenti, 1995—1997-yillarda Buxoro davlat universiteti boshlangʻich taʼlim pedagogikasi va psixologiyasi kafedrasi mudiri, 1997—2007-yillarda Buxoro davlat universiteti pedagogika va jismoniy madaniyat fakulteti dekanining oʻquv ishlari boʻyicha muovini, 2007—2012-yillarda Buxoro davlat universiteti maʼnaviyat va maʼrifat ishlari boʻyicha prorektori, 2012-yildan Buxoro davlat universiteti „Pedagogika“ kafedrasi mudiri, 2012-yilning noyabridan Buxoro davlat universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi direktori lavozimida ishlab kelmoqda[1][2][3].

Ilmiy faoliyati tahrir

Baxtiyor Adizov 150 dan ortiq ilmiy ishlar[2], jumladan, 1 ta darslik, 2 ta monografiya, 3 ta oʻquv qoʻllanma, 12 ta oʻquv-uslubiy qoʻllanma („Ona tili didaktikasi“, „Didaktika“, „Umumiy didaktika“, „Boshlangʻich taʼlimni ijodiy tashkil etishning nazariy asoslari“, „Taʼlim texnologiyasi“), 130 dan ortiq ilmiy, ilmiy-uslubiy maqolalar muallifi[1].

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi, 2-tom (oʻzbekcha), Toshkent: Science and Innovation, 2023 — 383 bet. 
  2. 2,0 2,1 „Adizov Baxtiyor Raxmanovich“ (2021-yil 30-noyabr). 2023-yil 18-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 18-avgust.
  3. „Adizov Baxtiyor Raxmanovich“. 2023-yil 18-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 18-avgust.

Andoza:OʻTOE