Salimov Baxtiyor Tadjiyevich(1948 1 - fevral) - iqtisod fanlari doktori(1994), professor(1995).

Baxtiyor Tadjiyevich Salimov
Tavalludi 1948, 1 - fevral
Samarqand viloyati Kattaqoʻrgʻon tumani Uyshun qishlogʻi
Sohasi iqtisodiyotda matematik usullar
Taʼlimi Samarqand Davlat Universiteti
Akademik rahbarlari S.S.Gʻulomov

Hayoti

tahrir

Salimov Baxtiyor Tadjiyevich 1 - fevral 1948 - yilda Samarqand viloyati Kattaqoʻrgʻon tumani Uyshun qishlogʻida tugʻilgan.

1976 - yilda Samarqand davlat universitetini amaliy matematika mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.

1976 – 1979-yillarda Samarqand davlat universitetida  muhandis, tadqiqotchi boʻlgan.

1979 – 1993-yilarda Toshkent xalq xoʻjaligi institutida aspirant, assistent, dotsent, katta ilmiy xodim lavozimlarida ishlagan.

1993 – 1994-yillarda “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi boʻlim boshligʻi oʻrinbosari boʻlgan.

1994-2013yy. Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida dotsent, ilmiy pedagogik xodimlar tayyorlash boʻlimi boshligʻi, kafedra mudiri lavozimlarida ishlagan.

2013 - yildan hozirgacha “Sanoat iqtisodiyoti” kafedrasi professori lavozimida ishlamoqda.

Ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyati

tahrir

1985 - yilda  iqtisod fanlari doktori, professor S.S.Gʻulomov rahbarligida “Hududiy ishlab chiqarish majmuasini shakllantirishni modellashtirish” mavzuida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi.

1993 - yilda Toshkent xalq xoʻjalik instituti huzuridagi ixtisoslashgan kengashda akademik S.S.Gʻulomov rahbarligida “Mintaqa ishlab chiqarish salohiyatidan foydalanish va rivojlantirishni modellashtirish” mavzuida doktorlik disseratatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.

Mustaqillik yillari mobaynida B.T. Salimov yakka va hammualliflikda 3 ta monografiya, 8 ta oʻquv qoʻllanma, 5ta ilmiy-ommabop risola, 40 dan ortiq ilmiy maqola chop ettirdi.

Baxtiyor Tadjiyevich Salimov ilmiy tadqiqotlarining asosiy yoʻnalishini  mikroiqtisodiyotda, xususan agrosanoat majmuida bozor munosabatlarini davlat tomonidan tartibga solish tashkil etadi.

Mustaqillik yillarida  4 ta nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalarining mualliflariga bevosita  ilmiy rahbar  boʻlgan.

Davlat ilmiy-texnika dasturi loyihalari tanlovida 2 marta gʻolib boʻlgan. Jumladan, 2012 - 2016-yillarga moʻljallangan F.1-59- “Oʻzbekiston agrosanoat majmuasini jahon agrar va oziq-ovqat bozorlariga integratsiyalashuvining nazariy –uslubiy asoslarini takomillashtirish” mavzusidagi ilmiy tadqiqot loyixasidagi ilmiy-uslubiy yondoshuvlar milliy agrartarmoq rivojlanish yoʻnalishlarini belgilashda muhim oʻrin tutadi.

Olimning ilmiy pedagogik faoliyatining asosiy yoʻnalishi mikroiqtisodiy jarayonlarni tahlil qilish va baxolashga bagʻishlangan.[1]

Qishloq xoʻjaligida xususan dehqon va fermer xoʻjaliklarida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning asosiy yoʻnalishlariga doir oʻquv adabiyotlari real sektor mutahassislari tayyorlashda muhim tutadi.[2]

Olimning tadqiqotlarida Oʻzbekiston agrosanoat majmuasining jahon agrar va oziq-ovqat bozorlariga integratsiyalashuviga oid adabiyotlar sezilarli sarmoqni tashkil etadi.[3]

Ilmiy va ilmiy-pedagogik  ishlari

tahrir
  1. a) Mikroiqtisodiyot: Darslik -T.: TDIU, 2006. - 230 b.(U.S.Muxitdinova, Sh.I.Mustafakulov, B.B.Salimov  bilan hammuallflikda). b) Mikroiqtisodiyot: masalalar, namunalar, topshiriqlar, testlar. O’quv qo’llanma. – T.:TDIU, 2010-196 bet.(Sh.Mustafakulov, D.Salimov  bilan hammuallflikda). c) Mikroiqtisodiyot: Oliy oʻquv yurtlari uchun darslik.T.: Sharq, 2001,-320b. (S.S.Gʻulomov, R.X.Alimov,B.Yu.Xodiev va A.I.Ishnazarov bilan bilan hammualliflikda)
  2. a) Qishloq xoʻjaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning asosiy yoʻnalishlari.  T.: Iqtisodiyot, 2007, -32 b.(Abdugʻaniev A. va Yusupov M.S. bilan hammualliflikda). b) “Dehqon va fermer xoʻjaliklari iqtisodiyoti”, T.: “Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamgʻarmasining “Adib” nashriyoti, 2009. (Joʻraev T.I., Yusupov M.S. bilan hammualliflikda). c) Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan tartibga solish va qoʻllab-quvvatlash. T.: Iqtisodiyot, 2011, 208 b. (Yusupov M.S. bilan hammualliflikda). d) Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan tartibga solish va qoʻllab-quvvatlash. -T.: Iqtisodiyot, 2011, 220 b.
  3. a) Jahon agrar va oziq-ovqat bozorlariga integratsiyalashuv sharoitida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining raqobatbardoshligini oshirish. -T.: Iqtisodiyot, 2014, 207 b. b) Oʻzbekiston agrosanoat majmuasining jahon agrar va oziq-ovqat bozorlariga integratsiyalashuvi. -T.: Iqtisodiyot, 2013, 144 b. c)    Meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirish va eksport qilish imkoniyatlarini kengaytirish. / “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali, 8-soni, noyabr-dekabr, 2013-yil. d)    Rossiya Federatsiyasining Jahon savdo tashkilotiga  integratsiyalashuvi tajribasi. / “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali, 5-soni, sentabr-oktabr, 2014-yil e) Qishloq  xoʻjaligi mahsulotlarining raqobatbardoshligi  va eksport salohiyatini oshirish  omillari. / “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali, 6-soni, noyabr-dekabr, 2014-yil f) Oʻzbekistonda meva-sabzavot  mahsulotlari  yetishtirish va eksport  qilishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash yoʻnalishlari. / “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali, 4-soni, iyul-avgust, 2015-yil g) Qishloq xoʻjaligini modernizatsiyalash va mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirish orqali jahon bozorlariga integratsiyalashuvni kuchaytirish yoʻllari. /“Iqtisodiyot va ta’lim” jurnali, 2013-yil noyabr 5-soni, -109-112 b.