Katta ilmiy xodim
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Katta ilmiy xodim - Oʻzbekistonda ilmiy tadqiqot muassasalari va oliy oʻquv yurtlarida ilmiy unvon va lavozim. K.i.x. unvoni tanlov boʻyicha yoxud attestatsiya tartibi asosida ilmiy tadqiqot boʻlimi (boʻlinmasi, sektori, lab.) mudiri, bosh ilmiy xodim, yetakchi ilmiy xodim, K.i.x. yoxud ilmiy kotib lavozimiga tayinlangan, kamida 3 y.lik ilmiy ish stajiga, ixtirolarga yoki bosma ilmiy asarlarga, shu jumladan, dissertatsiya ximoyasidan keyin eʼlon qilingan ilmiy asarlarga ega va ana shu lavozimlarda kamida 1 y. muvaffaqiyatli ishlagan fan d-rlari va nomzodlariga beriladi. K. i. x. unvonini, qaysi idoraga boʻysunishidan qatʼi nazar, respublika oliy oʻquv yurtlari va ilmiy tadqiqot muassasalari ilmiy (ilmiy-texnika) kengashlarining tavsiyasiga binoan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi beradi. K. i. x.larga belgilab qoʻyilgan namunadagi attestatlar topshiriladi. 2001 y. Oʻzbekistonda 415 kishi K. i. x. unvoniga ega boʻlgan. [1]
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |