Baykal tizmasi
Baykal tizmasi - Baykal koʻlining shimoli-gʻarbiy sohilidagi togʻ tizmasi. Uz. qariyb 300 km, eng baland nuqtasi 2572 m (Cherskiy togʻi). Baykal tizmasi qadimgi kristalli jinslardan tarkib topgan. Baykal tizmasi ning gʻarbiy yon bagʻri (1200-1400 m gacha) TILOGʻOCH taygasi bilan, sharqiy yon bagʻri siyrak oʻrmon bilan, 1000-1600 m balandlikkacha oʻrmonli dasht, qaragʻay va tilogʻoch oʻrmonlari bilan qoplangan. Oʻrmonlardan yuqorida lakana butalar, soʻngra qurumlar boshlanadi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |