Bayon Sulduz (?-1361) - Chigʻatoy ulusi beklaridan, asli sulduz urugʻidan. Amir Qazagʻon oʻldirilgach (1358), Movarounnahr taxtiga oʻtirgan uning oʻgʻli Abdulloni jangda yengib, hokimiyatdan chetlatgan va mamlakatni amir Hoji Barlos bilan birga boshqargan. Biroq Bayon Sulduz maishatparast boʻlgani sababli davlatni boshqarishning uddasidan chiqolmagan. Bundan foydalangan Mo'g'uliston (Jeta) xoni Tugʻluq Temur Movarounnahrga ikki karra — 1360, 1361-yillari bostirib kelgan va Bayon Sulduzni qatl qildirgan.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil