Bayramxon Abdurahim
Bayramxon Abdurahim (1556 −1622, Dehli) – shoir, tarjimon. Bayramxon ibn Sayf Alibekning oʻgʻli. Akbar hukmronligi davrida „Xonlar xoni“ unvoniga sazovor boʻlgan. Bayramxon „Boburnoma“ asarini forschaga tarjima qilgan.
Hindiston tarixiga oid asarlarda „Rahimiy“ taxallusi bilan turk, arab, fors, hind va sanskrit tillarida yozgan sheʼrlari bor. J. Neru Bayramxonga yuksak baho bergan. Tarixchi Abulboqi Nihovandiy 1927-yilda Bayramxonga bagʻishlab „Maosiri Rahimiy“ni yozgan, unda shoirning hayoti va ijodi, oʻsha davrdagi siyosiy va madaniy hayotda tutgan oʻrni haqida maʼlumot bergan.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |