Bayt us-Salaam (tarjimasi: Tinchlik uyi)[1] — Angliyaning Lincolnshire shtatidagi Scunthorpe shahridagi masjid boʻlib, shaharda bunyod etilgan birinchi maqsadli masjiddir[2]. U 2023-yil 17-iyun kuni ochilgan va 250 nafar namozxonni sigʻdira oladi, kutubxona va jamoat zaliga ega[3].

Masjid
Bayt us-Salaam masjidi
مسجد بیت السلام
Mamlakat  Angliya
Hudud Lincolnshire
Shahar Scunthorpe
Koordinatalar 53°35′11″N 0°40′25″W / 53.5862752898192°N 0.6737007669256437°W / 53.5862752898192; -0.6737007669256437
Asosiy sana:
2023-yil 17-iyun
Hajmi 250 kishilik
Gumbazlar soni 1
Gumbazlar soni 1
Minoralar soni 4
Minoralar soni 4

Inauguratsiya

tahrir

Yangi masjidning ochilishida 200 dan ortiq inson, jumladan, diniy yetakchilar (Ahmadiya Musulmon Jamiyati rahbari — Mirzo Masrur Ahmad) mahalliy deputatlar va qurolli kuchlar xodimlari ishtirok etgan[1].

Tarixi

tahrir

Masjid qurilgan yer 20 yil oldin, 2002-yilda sotib olingan[3]. Oʻsha paytda u jamiyat uchun missiya uyi boʻlib xizmat qilgan[4]. Koʻp vaqt oʻtgach, jamoa hududni kengaytirish va kattaroq muassasaga aylantirish uchun mablagʻ toʻplagan, chunki masjid binosi tez orada yetarli boʻlmay qolishi isbotlangan[3].

2016-yilda kengashga masjid qurish boʻyicha taklif kiritilgan boʻlib, avvaliga mahalliy jamoatchilik tomonidan 37 ta eʼtiroz xati yuborilgan[5]. Kengash tomonidan maʼqullangandan soʻng, mavjud inshoot buzilgan[1]. Oradan ikki yil oʻtib, 2018-yilda masjidga poydevor qoʻyilgan[4].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 „Scunthorpe's first purpose-built mosque opens“ (en-GB). BBC News (2023-yil 19-iyun). Qaraldi: 2023-yil 5-iyul.
  2. „House of Peace: Scunthorpe's first purpose-built mosque to open“ (en). The Lincolnite (2023-yil 15-iyun). Qaraldi: 2023-yil 18-iyun.
  3. 3,0 3,1 3,2 „Now mosque to open in Scunthorpe this weekend after two-year wait“ (en-GB). GrimsbyLive (2023-yil 14-iyun). Qaraldi: 2023-yil 18-iyun.
  4. 4,0 4,1 Hakam. „‘May this mosque prove to be a shining beacon of peace’: Hazrat Khalifatul Masih V inaugurates Baitus Salaam Mosque in Scunthorpe“ (en-GB) (2023-yil 18-iyun). Qaraldi: 2023-yil 18-iyun.
  5. „Scunthorpe mosque plan approved“ (en-GB). BBC News (2016-yil 10-fevral). Qaraldi: 2023-yil 18-iyun.