Baytqoʻrgʻoniy — oʻrtapishar qovun navi (Toshkent shahri yaqinidagi Baytqoʻrgʻon qishlogʻi nomidan). Shakli tuxumsimon, yirik, uz. 30-36 sm, ogʻirligi 4 – 6 kg . Sirti tekis, dagʻalroq, yoppasiga toʻr bilan qoplangan, tusi sariq. Poʻsti qalin, eti oq, yumshoq, sershira, qalinligi 4,5-5 sm. Urugʻi unib chiqqanidan soʻng 85-93 kunda pishadi. Tarkibida 7,3-9,4% qand bor. Hosildorligi 200-300 s/ga. Uzoq joylarga yuborish va saqlashga Baytqoʻrgʻoniy Toshkent, Sirdaryo va Buxoro viloyatlarida ekiladi (qarang Qovun)[1].

Manbalar

tahrir
  1. "Baytqoʻrgʻoniy" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil