Baza detal, asos detal —1) mashina va mexanizmlarning uzel va detallarini biriktirishga hamda ularning bir-biriga tik (perpendikulyar) uchta koordinata tekisligida harakatlanishiga imkon beradigan detal. Baza detal mashina yoki mexanizmni yigʻishda asos hisoblanadi. Masalan, stanok staninasi, avtomobil ramasi (shassisi), reduktor tanasi (korpusi) va boshqa; 2) asosan zavod, sexlarni loyihalashda ishlab chiqarishning shartli dasturini aniqlash uchun zarur boʻladigan, buyumlar guruhining konstruktiv, texnologik va boshqa tafsilotlarini ifodalaydigan asosiy tipaviy detal.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil