Bazal konglomerat
Bazal konglomerat (geol.) – dengiz transgressiyasi (quruqlikning dengiz suvi bosishi) natijasida hosil boʻlgan choʻkindi togʻ jinslarining ostki qismida uchraydigan sementlashgan shagʻal. Tarkibida qum, loy, temir oksidi yoki kremniy boʻladi. Bazal konglomerat yordamida turli davr qatlamlari bir-biridan yosh jihatidan farqlanadi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |